Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 100 mingta layk yig‘ilsa, otasini urmoqchiligini aytib, tarmoqlarda video tarqatgan erkak 15 sutkaga qamaldi.
Videoda u 200 mingta layk yig‘ilsa, qariyalar uyiga topshirib yuborishini ham aytgan.
Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro U.S. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110614 | Инструменты