"Mahalla yettiligi" tarkibiga kiruvchi rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomat (tabel) yuritiladi.
"Mahalla yettiligi" aʼzolari mehnatiga mahalla fuqarolar yigʻini raisi tomonidan toʻldirilgan tabel asosida, ishga kelgan kunini hisoblab haq toʻlanadi.
Shuningdek, "Yettilik" faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, "Mahalla yettiligi" toʻgʻrisidagi naʼmunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlar ishlab chiqilishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты