Huawei 1
Toshkent viloyatida ‘’Matiz shou’’ ko‘rsatgan "shovvozlar" jazolandi

Joriy yilning 2- iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir necha “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchilari guruh bo‘lib harakatlangan holda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlarni amalga oshirishgan

Shu kunning o‘zida Bo‘stonliq tumanida xizmat olib borayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga bo‘ysunuvchi yo‘l patrul xizmati guruhi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektorlari tomonidan ushbu holat aniqlanib, “Matiz” avtomobili haydovchilariga MJtKning 129-moddasiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50600 | Инструменты