Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 24 yoshli Matiz taksi haydovchisi o‘ldirilib, avtomobili yoqib yuborilganligi haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Uzreport.news'ga rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda malakali xodimlardan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты