Huawei 1
Toshkent viloyatida mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexi 8,7 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Ohangaron tumanida joylashgan "N." MChJga qarashli mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexida gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan 1 dona bug‘ qozoni va 2 dona ikki konturli isitish qozonida noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 8 mlrd 743 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121714 | Инструменты