Huawei 1
Toshkent viloyatida nashida tarqatganlikda ayblangan 21 yoshli talaba yigit ishi bo‘yicha lingvist mutaxassis so‘roq qilindi

Joriy yilning 8-may kuni Toshkent viloyatida Telegram orqali nashida tarqatgan 21 yoshli talaba yigit 3 yilga qamalgani haqda xabar bergandik. Mazkur yigit ishi bo‘yicha lingvist mutaxassis so‘roq qilindi.

Advokat Abdullayevning ma‘lum qilishicha, sud majlisiga jalb etilgan lingvist mutaxassisga himoya tomoni bir necha savollar bilan murojaat qildi. Savollarga javoban u sudga amaldagi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi dispozitsiyasida keltirilgan “Diniy ekstremistik, separatistik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan...” degan matndagi “va” bog‘lovchisi teng bog‘lovchilarning biriktiruvchi turiga mansub bo‘lib, u o‘zidan oldin va keyin kelgan so‘zlarni, shuningdek shu matndagi vergul tinish belgisi bilan ajratilgan so‘zni, yaʼni barcha uyushiq bo‘laklarni teng maqomda o‘zaro biriktirishini, bu esa aniqlovchi vazifasida kelgan ushbu so‘zlar bir paytning o‘zida ular izohlab kelgan predmetda, yaʼni materiallarda jamlangan bo‘lish shartini ifodalashini tushuntirib berdi. 

“Yana ham tushunarli qilib aytsak, taʼqib ostiga olingan materialda shu modda dispozitsiyasida sanab o‘tilgan yuqoridagi har uchala sifat — diniy ekstremistik, separatistik hamda aqidaparastlik g‘oyalarining barchasi (majmui) bilan yo‘g‘rilganlik belgisi bo‘lishi shartligi oydinlashdi.

Eslatib o‘tamiz, J.U.ga faqatgina aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materialni tarqatganlik ayblovi ilgari surilmoqda”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, bir nafar mutaxassis va bir nafar ekspert so‘roq qilindi. Hozircha sud tanaffus eʼlon qilib, navbatdagi sud majlisini 2023-yil 6-iyul kuni soat 15:00 ga belgiladi.

Mavzuga doir:

Toshkent viloyatida Telegram orqali nashida tarqatgan 21 yoshli talaba yigit 3 yilga qamaldi

Ichki ishlar vazirligi Toshkent viloyatida Telegram orqali nashida tarqatgan talaba qamalgani yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlarni taqdim etdi

"Oyinayi jahon orqali adolat haqida ko'p gapiriladi, agar rostan adolat bo'lsa, bizga yordam beringlar" - Toshkent viloyatida nashida eshitgani uchun 3 yilga qamalgan yigitning onasi prezidentga va Oliy sudga murojaat yo‘lladi

Toshkent viloyatida nashida tarqatganlikda ayblangan talaba yigitning advokati murojaat bilan chiqdi

Toshkent viloyatida 21 yoshli yigit nashida tarqatgani uchun 3 yilga qamalgani bo‘yicha appelyatsiya sudi boshlandi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41802 | Инструменты