Huawei 1
Toshkent viloyatida “Ohangaronsement”ga tegishli yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Vodiy—Toshkent yo‘lida yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 2-mart kuni soat taxminan 10:30 larda 33 yoshli A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “Ohangaronsement” AJga tegishli Howo rusumli maxsus yuk avtomashinasi Olmaliq—Toshkent avtomobil yo‘lining Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan 28-kilometrida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan haydovchi 28 yoshli I.B. boshqaruvida bo‘lgan Sany Semi Triler Tractor rusumli yuk avtomashinasiga (tirkamasi bilan) urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. 

Natijada ikkala transport vositalariga texnik shikast yetgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты