Huawei 1
Toshkent viloyatida "Open budjet"da ovoz yig‘ish uchun o‘quvchilardan pul yig‘gan maktab direktori ishdan olindi

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi maktablardan birida “Open budjet”ga sim karta olish uchun o‘quvchilardan 10 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani haqida xabar bergan edik. Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining xabar berishicha, ushbu maktab direktori vazifasidan ozod qilingan

Oʼrganish jarayonida mazkur holat haqiqattan ham "Tashabbusli budjet" bilan bogʼliqligi oʼz tasdigʼini topdi. Maktab yaqinda ta'mirdan chiqqan bo'lishiga hamda qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay hech qanday soʼz bilan oqlab boʼlmaydigan holatga yoʼl qoʼyganligi uchun maktab direktorini lavozimidan ozod etish boʼyicha qaror qabul qilindi, oʼqituvchiga esa ogohlantirish berildi.

"Bu holat qolgan maktablarda takrorlanmasligiga ishonamiz hamda maktabga oʼqituvchi dars bergani, farzandlarimiz esa taʼlim olish uchun borishini unutmasligingizni soʼrab qolamiz", - deyiladi vazirlik xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121013 | Инструменты