Huawei 1
Toshkent viloyatida ota-o‘g‘il is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ota va uning o‘g‘li is gazidan vafot etdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 17-oktyabr kuni soat 22:00 larda “Mustaqillik” MFYda yashagan fuqaro D.T. o‘z uyida turmush o‘rtog‘i R.T. va voyaga yetmagan farzandi F.I.lar bilan birga shu uyning yotoqxonasida uxlagan. Ertasi kuni soat 8:00 larda fuqaro E.B. (marhumning amakisi) yotoqxonaga kirgan vaqtida xona is gazidan hidlanib ketgani, jiyani D.T. va nevarasi vafot etgani, kelini R.T esa karaxt holatda ekanini ma’lum qilgan.

Bekobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhum D.T. va F.I.larning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida sodir bo‘lgan. Tuman tibbiyot birlashmasi bemor R.T. noma’lum etiologiya gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanganini ma’lum qilgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110117 | Инструменты