Joriy yilning 3-may kuni Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida huquqbuzar S.A.ga nisbatan ish ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, shu yilning 2-may kuni soat 14:00 atrofida S.A. mast holda qaynukasining turmush o‘rtog‘i L.Sh.ga qarab, o‘zining jinsiy a’zosini ushlab, har xil nojo‘ya harakatlarni qilib, shahvoniy shilqimlik qilgan hamda holat yuzasidan yetib kelgan IIO xodimlarining huquqbuzarlikni to‘xtatish va shaxsini aniqlash maqsadida IIB binosiga borish kabi qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.
Sud hukmiga ko‘ra huquqbuzar S.A.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi bilan yuritilgan ma’muriy qismi MJtKning 271-moddasiga asosan tugatilgan.
S.A. MJtKning 194-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi va unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты