Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Chirchiq daryosi hududida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida fuqaro A.Q. daryodan 1 dona "Volvo" rusumli ekskavator hamda HOWO rusumli yuk transport vositasi yordamida tabiiy qum-shag‘al qazilib, "S.Q.M" MCHJ tosh maydalash sexiga tashib olib ketilayotganligi aniqlandi. Natijada “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning hamda “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunning talablari buzilgan.
Davlat inspektorlari tomonidan transport vositalari holatga oydinlik kiritilgunga qadar jarima maydoniga qo'yilgan.
Yuqoridagi qonunbuzarlik natijasida tabiatga 674 milliard 048 million 699 ming 520 so’m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10816 | Инструменты