Toshkent viloyatida yana qator yer maydonlari davlat mulkiga o‘tkazildi

Toshkent, Piskent va Oʻrta Chirchiq tumanlarida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.

Jumladan, Toshkent tumanida boʻsh turgan va tegishli hujjatsiz foydalanilayotgan 74,73 gektar, Piskent tumanidagi 111,70 gektar hamda Oʻrta Chirchiq tumanida zaxiraga qaytariladigan 93,74 gektar fermer va qishloq xoʻjaligi yerlari mavjudligi belgilandi. Mazkur yer maydonlaridan kelgusida samarali foydalanish koʻzda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121603 | Инструменты