Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” maxsus profilaktik tadbiri doirasida viloyat IIBB va Bekobod shahar IIB xodimlari tomonidan O‘rta Chirchiq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida 22-25 yoshdagi 3 nafar shaxs 3 gr sintetik giyohvandlik vositasini nazoratdagi xaridorga 1,7 mln so‘mga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.
Qo‘lga olinganlar orasidagi shaxs (X.G‘.) ning yonidan 6 gramm “marixuana” aniqlandi, sherigi (Sh.L.)ga tegishli mashinadan esa giyohvandlik moddasi iste’moli uchun maxsus yasalgan baklajka topildi.
Olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu shaxslar internet orqali giyohvandlik vositalarini sotuvchi shaxslar bilan aloqada bo‘lib, “zakladchik” sifatida faoliyat yuritgani va ularga yuborilgan maxsus lokatsiyalar orqali sintetik giyohvandlik vositalarini olib, tarqatgani aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida ushlangan shaxs (Sh.L.)ga yuborilgan so‘nggi lokatsiya asosida Qibray tumanida “Chinobod” mahallasi hududidan vazni 20 gr bo‘lgan sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgan joydan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111416 | Инструменты