Huawei 1
Biologik faol qo‘shimchalar sertifikatlash markazi akkreditatsiyasi qoidabuzarliklar uchun qaytarib olindi

Ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalarida dorilar o‘rnini bosadigan biologik faol qo‘shimchalar (BFQ), oziq-ovqat qo‘shimchalari va boshqa (ozdiruvchi yoki semirtiruvchi) mahsulotlarning ortib borayotgan reklamasi isteʼmolchilarni baʼzi hollarda shifokor ko‘rsatmalariga amal qilmasdan, ushbu mahsulotlarni mustaqil ravishda isteʼmol qilishiga olib kelmoqda. Bunday harakatlar inson salomatligiga salbiy taʼsir qilib ayrim kasalliklarning yana-da kuchayishi xavfini oshiradi.

Raqobat qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida ayrim BFQ mahsulotlarida dorilarga xos xususiyatlarning mavjudligi va tarkibi dori vositasiga o‘xshash ekanligi aniqlandi.

Xususan, “BIO MAX PHARM” MCHJ tomonidan “Bio Smekta” biologik faol qo‘shimchasini ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgan. Biroq, mazkur BFQ qadog‘i va tarkibi bo‘yicha maʼlumotlar dori vositasi bilan bir xil ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston akkreditatsiya markazini jalb etgan holda o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish davomida “AGRO KIMYO STANDART” MCHJ qoshidagi “UNI-CHEM-TEST” laboratoriyasi tomonidan ushbu mahsulotni amaldagi texnik meʼyorlarga muvofiq deb tasdiqlanganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha hujjatlar O‘zbekiston akkreditatsiya markaziga yuborildi va “UNI-CHEM-TEST” laboratoriyasining faoliyatiga huquqiy baho berish so‘raldi. Markaz tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida “AGRO KIMYO STANDART”ning sertifikatlashtiruvchi organi akkreditatsiya talablarini buzganligi sababli uning akkreditatsiya sertifikati amal qilishi to‘xtatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111501 | Инструменты