Huawei 1
Toshkent viloyatining ayrim hududlari poytaxt tarkibiga o‘tkazildi

Toshkent viloyatining 19 729,41 gektar yer maydoni Toshkent shahridagi Yangi Toshkent tumani tarkibiga o‘tkazildi. Bu haqdagi tegishli qaror Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tomonidan imzolangan

Qarorga ko‘ra, Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,32 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar yer maydonlari Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga o‘tkazildi.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 33 ta MFY, shundan 20 ta to‘liq, 13 ta qisman hamda O‘rta Chirchiq tumanidagi 7 ta MFY, shundan 4 ta to‘liq, 3 ta qisman bo‘lgan hududlari Toshkent shahri tarkibidagi Yangi Toshkent tumaniga o‘tkazilishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122423 | Инструменты