Huawei 1
Toshkent xalqaro aeroportida PPX xodimi xitoylik fuqaronining yo'qolgan pullari va shaxsiy hujjatlarini topib berdi

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamentining ma'lum qilishicha, 2 sentyabr kuni “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga GJ-8976 reys bilan “Toshkent-Sianfu” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketish uchun kelgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Z.Ch uchib ketish binosida qo‘l sumkachini yo‘qotib qo‘ygan.

Shundan so‘ng Toshkent shahri aeroportlarida XTB PPX otryadi safdor xodimi safdor J.R.Nurmuxamedovga murojaat qilgan.

PPX xodimi xitoylik Z.Ch yo‘qotib qo‘ygan qo‘l sumkasini ichidagi 5000 (besh) ming AQSH dollari va 1.000.000 (bir million) so‘m pullari va shaxsiy hujjatlarini topib berganligi hamda fuqaro Z.Ch T va TOXTD Toshkent shahri aeroportlarida XTB PPX otryadi safdor xodimi J.R.Nurmuxamedovga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.     

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91614 | Инструменты