Huawei 1
Toshkent xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruv raisi buyrug‘i bilan Gaipov Shukurjon Umarovich 2022-yil 21-dekabrdan boshlab “Toshkent” xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

Bu lavozimda u aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qarori bilan aeroport direktori lavozimini tark etgan Mirzohid Tursunov o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston Milliy universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomlagan Shukurjon Gaipov mehnat faoliyatini Toshkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limida muhandis sifatida boshlagan. 2018-yildan hozirgacha “Toshkent-1” hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90319 | Инструменты