Poytaxt IIBB maʼlum qilishicha, Chilonzorda o‘tkazilgan tezkor tadbirda S. ismli shaxs qo‘lga olinib, uning yonidan 5 gramm giyohvandlik vositasi topilgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash manzili ham xolislar bilan ko‘zdan kechirilgan. Natijada mebel tagidan 3 ta qora sellofan ichida turli xil zip-paketga solingan oq rangli kukunsimon modda, ko‘k rangli izolentaga o‘ralgan kukunsimon moddalar, elektron tarozilar, zip-paketlar aniqlangan.
Tezkor tadbir natijasida 6000 insonni zaharlashi mumkin bo‘lgan, bahosi 1 mlrd 506 mln so‘mlik 1 kg 205 gramm sintetik giyohvandlik vositalari tarqalishining oldi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62816 | Инструменты