Huawei 1
Toshkentda 2,1 mlrd so‘mlik kredit va subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.E.” MCHJ rahbari O.S. va boshqalar hududiy tijorat bankining Keles filialidan xorijiy davlatlardan nasldor qora mollarni olib kelish va ko‘paytirish uchun ajratilgan 2,1 mlrd so‘m kredit va subsidiya mablag‘ini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga