Toshkentda 2 nafar shaxs mashina ichida yonib ketib, halok bo‘ldi

Toshkent shahar Yangihayot tumanida Kamaz va Isuzu to‘qnashdi. Oqibatda Isuzu yonib ketdi va mashina ichidagi 2 kishi halok bo‘ldi.  

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 aprel kuni erta tong soat 5:34 da Yangihayot tumani hududida Isuzu mashinasi YTHga uchragani va yong‘in chiqqani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga asosan, soat 5:37 da yong‘in qutqaruv ekipajlari manzilga yetib borgan va yong‘in 5:40 da o‘chirilgan.

Guvohlar o‘sha paytda yonayotgan mashinaga hech kim yaqinlasha olmaganini bildirgan. Yong‘in oqibatida mashina ichida qolib ketgan ikki kishi halok bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты