Toshkentda o‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta sayyohlik firmalari faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Uchtepa tumanidagi “Mahdiy turizm” MCHJ xodimi – 1995-yilda tug‘ilgan A.J. 4 nafar fuqaroga haj safariga yuborishni vaʼda qilgan. U MCHJning ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishga litsenziyasi yo‘qligini bila turib, 27,2 ming dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Shuningdek, Shayxontohur tumanidagi “Sohil turizm” MCHJ direktori – 1991-yilda tug‘ilgan S.N. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni haj safariga yuborishni vaʼda qilgan. Unda ham litsenziyasi bo‘lmasa-da, 10 ming dollar olgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41303 | Инструменты