Huawei 1
Toshkentda 8-mart kuni ayollar uchun avtobuslar bepul bo‘lishi rostmi? Rasmiy izoh berildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 8 mart kuni ayollar uchun avtobuslar bepul bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi.

“Toshshahartransxizmat” mazkur xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, 8 mart kuni ayollar uchun jamoat transportining bepul bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz. 

“Mazkur xabar tarqatilgan guruh admini bilan bog‘lanib, ushbu yolg‘on axborotni bartaraf etishlarini so‘rashimizga qaramasdan, mazkur guruh keng jamoatchilikka ushbu yolg‘on axborotni yetkazishda davom etmoqda. Shu o‘rinda axborot tarqatish qoidalarini buzayotgan ushbu guruhga mas’ul tashkilotlardan belgilangan tartibda chora ko‘rishlarini, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asoslanmagan, yolg‘on axborotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi izohda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты