Huawei 1
Toshkentda 8-sinf o‘quvchisining vafot etganiga tok urishi sabab bo‘lgan — Bosh prokuratura

Avvalroq, Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi maktabda hushidan ketib, qayta uyg‘onmagani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o'quvchini tok urmagani va mazkur hududda hech qanday elektr toki kabeli uzilgan holat kuzatilmaganini ma'lum qilgan edi. 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovni "Uzreport.news" manbasiga ma'lum qilishicha, maktab o'quvchisi vafotiga elektr toki urishi sabab bo'lgan. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 27-noyabr kuni soat taxminan 18:15 larda, Mirzo Ulug‘bek tumani, 99-sonli umumtaʼlim maktabi 8-“I” sinf o‘quvchisi A.A. shu maktab hovlisida sport maydonidan chiqib ketayotgan vaqtida boshi bilan yiqilib, og‘zi ko‘pirib, biroz titrab so‘ng hushidan ketgan va maktab xodimlari tomonidan zudlik bilan tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilingan, oradan taxminan 15 daqiqa o‘tganidan so‘ng u tez tibbiy yordam bilan 15-sonli Respublika Kardiologiya markaziga olib ketilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga
qaramasdan A.A. vafot etgan.

STEnnii dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.A.ning o‘limi “Elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaharlanish, o‘tkir nafas yurak qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, chap qo‘l kaft sohasi elektr tamg‘asi” natijasida yuz bergan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20701 | Инструменты