Huawei 1
Toshkentda avtobus haydovchisi harakat davomida sigaret chekkani uchun jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi harakat davomida tamaki mahsulotini iste'mol qilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Holatga "Toshshahartransxizmat" munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12-fevral kuni, "8-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|327 LAA bo`lgan, 100-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi "Mercedes-Benz" rusumli avtobus haydovchisi N.Z sigaret chekib, harakatlangani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlikka nisbatan Toshkent shahar Yunusobod tumani IIOFMB Huquqbuzarliklar profikaktikasi profilaktika inspektori tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtobus haydovchisi jarimaga tortildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты