Huawei 1
Toshkentda Cobalt aylanib ketib, boshqa bir Cobaltga urildi

Bugun, 16 sentyabr kuni soat 08:00 atrofida Mirzo Ulug‘bek  tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy xabar berdi. 

Maʼlum qilinishicha, haydovchi D.A. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib, aylanib ketgan. Oqibatda o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan A.D. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasiga urilgan. 

Mazkur YTH natijasida Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91906 | Инструменты