Ushbu vaziyat bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda daraxtlar "vahshiylarcha" o'ldirilmoqda nomli xabarlar chiqqan edi.
Ushbu holat Toshkent shahri Mirobod tumani Katta Mirobod mahallasi hududida sodir etilgan. Xabarga ko'ra, aholidan murojaat kelgan. Murojaatda har kuni ertalab va kechruqun daraxtlarni ostiga dizel yoqilg'isini quyishyotganligi aytilgan.
Ushbu vaziyatni aniqlashtirish uchun tezkorlik bilan ishchi guruhi tuzilib qayd etilgan manzilda atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi, deya xabar bermoqda Davlat ekologiya qo'mitasi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasiga ko‘ra, mavjud daraxtlarni sun’iy ravishda quritishga urinish o‘z tasdig‘ini topib, dastlabki surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Holat yuzasidan batafsil ma’lumot berilishi aytib o'tildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50308 | Инструменты