Toshkentda erkak ayolini benzin sepib, yoqib yubordi. Maʼlum qilinishicha, 1983 yilda tug‘ilgan erkak ayoli bilan doimiy tarzda janjallashib kelgan. Oqibatda erkak bolasini ko‘rish maqsadida ayolning yoniga borgan. Ayoli bolasini ko‘rsatmaganligi sabab mast holatda uydan benzin olib, yoqib yuborgan. Eng dahshatlisi, bu holat bolasining yonida sodir bo‘lgan.
Erkak bu baxtsiz hodisani quyidagicha izohladi:
"Bolamni qizg‘anib, ko‘rsatmayotgan edi. Mening yomonligim yo‘q edi. O‘sha kuni hech bo‘lmaganda bir daqiqa telefonda gaplashtirganda, bunday bo‘lmas edi. Men yoqaman, deb niyat qilmagan edim”.
Aniqlanishicha, ayol tanasining 85 foizi kuygan va hozirgi kunga qadar, 5 marta operatsiya bo‘lgan.
Holat yuzasidan sud ishi JIB Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan sudlanuvchiga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61918 | Инструменты