Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida egizak homilasi bo’lgan ayolini o’ldirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud xukmi o‘qildi.
Sud jarayonida qatnashgan muhbirimizning ma'lumotlariga ko'ra, sudlanuvchi muqaddam 2020-yilda ham sudlanib, axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganiga qaramasdan, yana jinoyat sodir etish yo‘liga kirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi va marhuma 2016-yilda qonuniy nikohdan o‘tishgan. Ularnig 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Muntazam ravishda turli bahonalar sabab janjallashib kelishlari oqibatida 2022-yilning oktyabrida er-xotin o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, ayol erini “onasi”dan haqorat qiladi.
Shundan so‘ng, sudlanuvchi ayolining haqoratlarini o‘zining erkaklik g‘ururiga tekkan deb hisoblab, uni qasddan o‘ldiradi.
Achinarlisi, ayolning qornida 9 oylik homilasi bo‘lgan va u 3 kundan so‘ng ko‘zi yorishi kerak bo‘lgan.
"Qizim 2022-yilning boshlarida homilador bo‘ldi kuyovim “agarda qiz farzand bo‘lsa, kerak emas. Agar qiz bo‘lsa, chaqaloqni tug‘ruqxonaga tashlab kelasan, bo‘lmasa o‘zingni ham, farzandlaringni ham o‘ldiraman”, deb qo‘rqitib kelgan”- deydi marhumaning otasi.
Voqea 2022-yilning oktyabrida soat taxminan 12:00 larda Chilonzor tumani, 20-mavzedagi uylar oldidagi Chiqindi yig‘ish maydonchasida sodir bo‘lgan.
Sudlanuvchi Chiqindi yig‘ish maydonchasidagi 1 xonali xonadonda ayoli yolg‘izligi, homiladorligi sababli o‘zini himoya qila olmasligidan foydalanib, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Ammo u sud jarayonida aybini tan olmay, bu voqeaga ayolining tog‘asi sababchi ekanligini, va turmush o‘rtog‘ning homidador ekanligidan xabari yo‘qligini ta’kidladi.
Ma’lum bo‘lishicha, agar ayolga tezda yordam ko‘rsatilganda uning egizak farzandlarini asrab qolish mumkin edi. Sudda tomonlar eshitilib, sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112509 | Инструменты