Huawei 1
Toshkentda festivalda jamoat tartibini buzgan 5 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga bayonnoma tuzildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Pepsi Music Fest 2024" musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzayotganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.  

Qayd etilishicha, joriy yilning 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida "Pepsi Music Fest 2024" musiqa festivalining birinchi kuni o‘tkazildi. Soat 18:00dan 22:20larga qadar bo‘lib o‘tgan tadbirda ko‘plab musiqa ixlosmandlari yig‘ilgan. Biroq ular orasida bir nechta fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etganlar ham bo‘ldi. 

IIO xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasiga O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasiga ko‘ra ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты