Huawei 1
Toshkentda Ford va Nexia-3 mashinalari o’rtasida YTH sodir bo’ldi

Joriy yilning 4-fevral kuni soat 16:30 larda Olmazor  tumani Nurafshon-Beruniy ko'chalari chorrahasida 1982-yilda tug'ilgan N.K. boshqaruvida bo'lgan Ford rusumli avtomashinasi hamda 1987-yilda tug'ilgan M.A. boshqaruvida bo'lgan Nexia-3 rusumli avtomashinalari ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

YTH natijasida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi hamda Ford rusumli avtomashinaning 1 nafar yo'lovchisi tan jarohat olgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90313 | Инструменты