Toshkentda harakatlanuvchi 99-sonli avtobus yo'nalishi "Farxod bozori"dan "Janubiy vokzal"gacha qisqartirilishi mumkin

Toshkent shahrida harakatlanuvchi 99-sonli avtobus yo‘nalishini "Farxod bozori" bekatidan "Janubiy vokzal" avtoshoxbekatiga qisqartirish taklif etilmoqda.  Qisqartirishdan so'ng yo'nalish "Suvsoz mavzesi - Janubiy vokzal" oralig'ida harakatlanadi.

99-sonli yo'nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Janubiy vokzal bekatidan Farxod bekatigacha yetib borish uchun 8, 134 va 131-sonli yo'nalishlar xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud. 

Ushbu taklif Kichik halqa yo'lining Janubiy vokzaldan Farxod bozorigacha bo'lgan qismida yuzag kelayotgan tirbandliklarni kamaytirish, Chilonzor metrosi bekatida avtobuslarni yig'ilib qolishini kamaytirish maqsadida kiritilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2023-yil 1-noyabr kunidan Toshkent shahridagi avtobus yo'nalishlarida imtiyozli yo'l haqi tariflari joriy etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты