Avvalroq ijtimoiy tarmoqda haydovchi transport vositasini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 30 iyun kuni ro‘y bergan. Haydovchi transport vositasini boshqarganda odob-axloq qoidalarini buzganligi, transport vositasida sellofan paket bilan o‘ralib, ichiga suv to‘ldirib harakatlangani aniqlangan.
“Men sherigim bilan mashina ichiga suv to‘ldirib harakatlanganimizning videosini Instagram sahifamizga qo‘ygandim. Videoni kimdir tarqatvoribdi, qonunbuzarlik holati borligini bilmagandik. Inspektor xodimlari chaqirtirib, tushuntirish ishlarini olib bordi. Bu holatni tavsiya qilmayman va uzr so‘rayman”, deya izoh bergan haydovchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122318 | Инструменты