Huawei 1
Toshkentda ichimlik suvini behayo tarzda reklama qilgan 2 nafar qizga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Avvalroq, Toshkentda bir guruh qizlar ichimlik suvini behayo tarzda reklama qilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilib, quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Bektemir tumanida joylashgan savdo majmuasi oldida o‘tkazilgan “Drift shou” tadbirida reklama firmalaridan biri ichimlik suvini reklamasi uchun ikki nafar qizlarni yollagan. Ushbu qizlar, ya’ni 1993 yilda tug‘ilgan Yu.B. hamda 1985 yilda tug‘ilgan A.K.lar tadbir davomida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etib, jamoat tartibini buzishgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda A.K.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarilk to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudiga taqdim etilgan.

UPD: Toshkentda ichimlik suvini behayo tarzda reklama qilgan 2 nafar qiz 900 ming so'mdan jarimaga tortildi

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102115 | Инструменты