Huawei 1
Toshkentda bir guruh qizlar ichimlik suvini behayo tarzda reklama qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Mountain Dew" tovar belgisi ostida o‘tkazilgan tadbirda axloqsizlik va hayosizlik xatti-harakatlari namoyish etilgan videorolik tarqaldi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma’lum qilishicha, ushbu ichimlik energetik ichimlik hisoblanmaydi. Shu bois, "Reklama to‘g‘risida"gi qonunining 37-moddasiga asosan energetik ichimliklarning reklamasiga doir belgilangan cheklovlar unga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, tarqalgan videorolikda 2022-yilning 15-oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Avto – Shou" tadbiri qatnashuvchilar tomonidan videotasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan.

"Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan bunday axloqsizlik va hayosizlik xatti-harakatlari namoyish etilganligi holati yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish uchun Ichki ishlar vazirligiga so‘rov xati yuborildi", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, "Reklama to‘g‘risida"gi Qonun talablariga muvofiq, axloqsiz (shaxslarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga daxldor bo‘lgan haqoratli so‘zlar, tasvirlar hamda o‘xshatishlardan, haqorat qiluvchi tasvirlardan foydalanish orqali insoniylik va axloqning umumqabul qilingan normalarini buzuvchi) reklama taqiqlangan.

UPD: Toshkentda ichimlik suvini behayo tarzda reklama qilgan 2 nafar qiz 900 ming so'mdan jarimaga tortildi

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102115 | Инструменты