Toshkentda Jah Khalib konserti kuni tartibsizlik yuzaga keldi

Kecha poytaxtdagi “Humo arena” saroyida “Jah Khalib”ning konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Olingan xabarga koʻra, ushbu konsertga tashrif buyurgan fuqarolar oʻrtasida “Humo arena” saroyiga kirish joylari oldida tartibsizlik holatlari yuz bergan. 

Shu yerda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzganlikda gumonlangan fuqarolar voqea joyidan xavfsiz hududga olib chiqilib, yuz berishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldi olingan. 

Tartibbuzarlikka doir holat yuzasidan surishtiruv va oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Hozirda barcha fuqarolar voqea joyidan tarqatilgan. Tan jarohati olganlar yo’q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты