Ovqatdan zararli modda va mayda shisha siniqlari topilgan
Toshkent shahrida yashovchi ayol kelini bergan ovqatdan shubhalanib, uni ekspertizaga olib kelgan. Natijada qaynonaning shubhasi tasdiqlangan.
Hadicha Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markaz mutaxassisining qayd etishicha, tekshiruv davomida kelin qaynonasining joniga qasd qilish maqsadida uning ovqatiga zararli modda va mayda shisha siniqlarini solib kelgan.
“Shu ovqatdan mening shubham bor. Kelinim ovqat olib keldi, ammo ichgim kelmayapti. Ichki tuyg‘um tekshirtir, ichida biror narsa yo‘qmikan, degan xulosaga undadi.
Kelin qaynonasini o‘ldirish uchun yillar davomida suyuq ovqatga kam-kamdan modda qo‘shib kelgan. Ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin uning ahvoli yomonlashgan, kasalxonaga tushgan. U yerda oxirgi yegan ovqatini tekshirish tavsiya qilingan. Ayolning oshqozonidan olingan ovqat qoldig‘i tibbiy-ekspertizaga yuborilgan. Ekspertizada odam organizmiga ziyon keltiruvchi modda hamda shishaning mayda siniqlari topilgan”, — deydi Materiallar, ashyolar, buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Raqiya Ahmedova.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32307 | Инструменты