Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 00:10 atrofida Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasida, haydovchi 2004 yilda tug‘ilgan Sh.M. Malibu-2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga borib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ushbu YTH natijasida avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi 2004 yilda tug‘ilgan D.S.larga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111613 | Инструменты