Huawei 1
Toshkentda mast fuqaro 2 nafar IIB xodimiga pichoq bilan tahdid qilib, quvladi

Prokuratura matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov mast fuqaro 2 nafar IIB xodimiga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagani to'g'risida rasmiy ma'lumot berdi.

Xabarga ko'ra, joriy yil 13-avgust kuni soat 23.00da tungi xizmatda bo‘lgan Toshkent shahar Yangihayot tumani IIB ikki nafar profilaktika inspektorlari tushgan xabarga ko‘ra, xonadonlarning biriga borishgan.

Xonadonda yetib kelgach, probatsiya xizmatida hisobda turuvchi 35 yoshli mahkum mast holda turmush urtog‘i bilan janjallashib, quvib yurganini ko‘rishgan va uni tinchlantirmoqchi bo‘lishgan.

Biroq, mahkum ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va bu jarayonga uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi aralashib, profilaktika inspektorlari xizmat kiyimlarini yirtishgan.

Shu paytda mahkum uyidan oshxona pichog‘ini olib chiqib, ikkala qo‘li bilak sohasini kesib o‘ziga tan jarohati yetkazgan va profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagan.

Shu vaqt, profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shimcha yordam hamda tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan va jabrlangan mahkum shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qashqadaryoda pora bilan qo‘lga tushgan IIB xodimi qochishga uringani, Samarqandda YPX xodimi pogonini yulib, uni do'pposlagan haydovchiga elektroshoker qo‘llagani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82602 | Инструменты