Huawei 1
Toshkentda metroda begona ayolning belidan past qismini ushlagan yigit qamaldi

Joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahrida “Xalqlar do‘stligi” va “Paxtakor” metro bekatlari oralig‘ida qiz bolaning belidan past qismiga teginib, unga shilqimlik qilgan yigit besh sutkaga qamaldi. 

20 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan.

Sud hujjatiga ko‘ra, 16 may kuni soat 10:10 larda 2006 yilda tug‘ilgan S.B. “Paxtakor” bekatidan “Xalqlar do‘stligi” bekatiga ketayotgan vaqtida Sh.A.ga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan. Sud majlisida Sh.A. ko‘rsatma berib, metro vagoniga chiqqan vaqtida shaxsi unga keyinchalik ma’lum bo‘lgan S.B. uning beldan past qismiga qo‘li bilan urilib ketganini, dastlab buni ehtiyotsizlik sabab deb o‘ylaganini, so‘ng S.B. yana uni belidan pastki qismidan ushlab olib, shilqimlik qilganini, shundan so‘ng uni IIB xodimlariga topshirganini bildirgan.

Sudlanuvchi S.B. aybiga iqror bo‘lgan va Sh.A.ga nisbatan tegajog‘lik qilib, uning belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilganini, sodir etgan qilmishidan pushaymon ekanini aytgan hamda suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan

Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan aybli deb topgan va besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82116 | Инструменты