2024 yil 21 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi o‘z binosida 1980 yilda tug‘ilgan M.T.ga nisbatan jazo tayinlandi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, 26 iyul kuni M.T. “Amir Temur” bekati elektropoyezdi ichida bir qizning belidan past qismini ushlab, unga shahvoniy shilqimlik qilganlikda ayblangan.
Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z aybiga iqrorligini,“Amir Temur” bekati elektropoyezdi ichida Z.Saidovani belidan past qismiga qo‘li ketib qolganligi, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganligi, qilmishining oqibatlarini to‘liq tushunib yetganligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Sud qaroriga ko‘ra, yigit MJtKning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga ushbu moddaga asosan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты