O‘zbekiston noyabrdagi FIFA kunlarida Dubaydagi mini turnirda qatnashadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Dubaydagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Turnirda O‘zbekistondan tashqari Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Eron, Misr va Kabo Verde terma jamoalari ishtirok etadi. Uchrashuvlar “An-Nassr” klubi qarashli “Al-Maktum” stadionida bo‘lib o‘tadi.

14 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs natijasidan qatʼi nazar Kabo Verde yoki Eron bilan bahslashadi. Yarim final juftliklarida yutganlar finalda, mag‘lubiyatga uchragan jamoalar 3-o‘rin uchun bahsda ishtirok etadi.

Kabo Verde hamda Eron jamoalari o‘rtasidagi bahs 13 noyabr kuniga belgilangan, 3-o‘rin uchun kechadigan bahs 17 noyabr, final uchrashuvi esa 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102217 | Инструменты