Toshkentda BMW S1000 RR sport mototsikli haydovchisi soatiga 310 km tezlikda harakatlanib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video joylashtirdi. U ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb xabar berdi poytaxt IIBB YHXB matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov.
Huquqbuzarning aytishicha, video o‘tgan yilning avgust oyida yozib olingan. U yoshlar va boshqalar undan o‘rnak olishlarini xohlamasligini aytdi.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128−3-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan (transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 km/soatdan ortiq oshirib yuborishi BHMning 9 baravari yoki 3,37 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi).
Alpha version: 0.9.1.19 build 10615 | Инструменты