Huawei 1
Toshkentda noqonuniy neft savdosi bilan shug‘ullangan 2 nafar fuqaro ushlandi

Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan Toshkent shahridagi ayrim fuqarolarning neft mahsulotlaridan foydalanish holati bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Hozirgi kunda avtobenzin hamda dizel yonilg‘isiga bo‘lgan talab ehtiyoj oshganligi bois, fuqarolar tomonidan ushbu mahsulotlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanish holatlari ham kuzatilmoqda.  

O‘rganishlar davomida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanining "Oydin" ko‘chasida yashovchi fuqaro A.S. tomonidan jami 300 dona 10 litr hajmdagi plastik idishlarda 2 995 litr dizel yonilg‘isi hamda fuqaro U.R. tomonidan jami 101 dona 10 litr hajmdagi plastik idishlarda (80 donasi solyarka, 21 donasi avtobenzin) 800 litr dizel yonilg‘isi va 200 litr avtobenzin saqlab kelgan holda noqonuniy ravishda sotib kelayotganliklari aniqlangan.  

Shu bilan birga, mutasaddilar tomonidan ushbu mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari davlat standart talablariga mosligini aniqlash maqsadida tegishli tartibda namunalar olinib, laboratoriyalarga yuborilgan.  

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan neft mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Olmaliqdagi g‘isht zavodi katta hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Toshkent viloyatidagi shisha va qog'ozni qayta ishlash korxonalari tabiiy gazdan ajratilgan bo'lsada, “Hududgaz Poytaxt” ularga noqonuniy gaz yetkazib bergani aniqlangan edi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111619 | Инструменты