U bu ishi uchun umumiy 8 yilgacha qamalishi mumkin
Prokuratura departamentining xabar berishicha, Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, pora olgan shaxs ushlandi.
Ma'lum qilinishicha, Shayxontohur tumanida bir fuqaro boshqa bir kishiga yuqori lavozimda ishlovchi "akaxonlari" orqali “B” toifadagi "prava" olib berishiga ishontirgan. Firibgar bu ishi evaziga $500 olgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Endi u 168-moddaga asosan, 30 mln so'mgacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 211-moddasiga asosan, 30 mln so'mgacha jarima yoki 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o'tamiz avvalroq, Jizzaxda “prava” olib berishni va’da qilgan instruktor ushlangan. O'zbekistonning 2 ta hududida "prava" olib berish bilan bog'liq navbatdagi firibgarliklar fosh etilgan. Toshkentda "prava" olish uchun $500 evaziga imtihondan o'tkazib qo'ymoqchi bo'lgan o'rinbosar ushlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40403 | Инструменты