Kecha, 22-aprel kuni soat tahminan 23:00 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli - Muqumiy chorrahasida Toshkent shahar YPX inspektori xizmat olib borgan.
Shu paytda “Jentra”da harakatlanib ketayotgan 22 yoshli, Shayxontohur tumanida yashovchi yigit (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) YPX inspektorining jezl va hushtag yordamida to‘xtash ishorasiga bo'ysunmay, harakatni davom ettirgan.
Haydovchining hatti - harakati xodimlarda shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng inspektor xizmat mashinasida uning orqasidan borgan va maxsus avtomashinadagi ovoz kuchaytirgich orqali bir necha marta to‘xtash ishorasi bergan.
Yigit YPX inspektorlarining qonuniy talabini bajarmasdan Shota Rustaveli - Komil Yashin hamda Bog‘i Bo‘ston chorahalarida svetaforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan tezlikni oshirib harakatlangan.
Shundan so‘ng u ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib, asosiy yo‘ldan kelayotgan skuterning yo‘liga chiqib ketgan. So'ng Komil Yashin 1-tor ko‘chasidagi 81-uy qarshisidagi “Cobalt” rusumli avtomashinaga borib urilgan.
Kuzatuv ishlarini olib borayotgan YPX inspektorlari Yakkasaroy tumanida yashovchi Skuter haydovchisi 2004-yilda tug‘ilgan, Yu.A. hamda “Jentra” avtomashina yo‘lovchisi Chilonzor tumanida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan, I.S. lariga birinchi yordam ko‘rsatishgan hamda tez tibbiy yordam xodimlari orqali yaqin atrofdagi shifoxonaga olib borishgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62609 | Инструменты