Toshkentda qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazildi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida 8-noyabr kuni ekskavator yordamida qazish ishlari olib borilayotganda, ehtiyotsizlik oqibatida o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli binolardagi 2400 ta va 1100 ta yerli xonadon vaqtincha tabiiy gaz tarmog‘idan o‘chirildi.

Shuningdek, Mirobod tumanining Nukus, Abdulla Qahhor, Damariq va Hamid Sulaymon ko‘chalari isteʼmolchilari ham gaz tarmog‘idan o‘chirilgan.

Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanishi aytildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60705 | Инструменты