Huawei 1
Toshkentda qimor o‘yini tashkil qilgan shaxs qamaldi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan choyxonada bir guruh shaxslar qimor o‘ynayotgani maʼlum bo‘ldi

Choyxonani ko‘zdan kechirish jarayonida qimor o‘yinlarida foydalaniladigan oshiq suyaklar, o‘yin kartalari, plastik choshkalar, sochilgan holda yotgan 1800 AQSH dollari va 755 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tadbir davomida qimor o‘yini tashkilotchisi, Chilonzor tumanida yashovchi shaxs qo‘lga olinib, u doimiy tarzda bu kabi o‘yinlarni tashkil qilib kelgani aniqlandi.

Holat yuzasidan bu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

2023-yilning oktyabr oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan mazkur fuqaroga 4 yil-u 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты