1 kubometr ichimlik suvi narxi deyarli 3,5 baravarga oshdi.
Toshkent shahrida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarining yangi narxlari tasdiqlandi. Bu haqdagi qaror 24-noyabr kuni poytaxt xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, bir metr kub suv narxi tariflari quyidagicha etib belgilandi:
— Aholi uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1 000 so‘m (amalda 350 so‘m);
— Ulgurji iste’molchilari uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1000 so‘m (amalda 350 so‘m);
— Byudjet tashkilotlari uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1000 so‘m (amalda 350 so‘m);
— Yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3 000 so‘m (amalda 1000 so‘m), oqava suv narxini 2 200 so‘m (amalda 820 so‘m).
Tariflar qaror e’lon qilinganidan keyin 15 kun o‘tgach, ya’ni 9-dekabrdan kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61216 | Инструменты