Huawei 1
Toshkentda Telegram‘da kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan erkak qamaldi

2024-yil 20-sentyabr kuni Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan 35 yoshli erkakka jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud portalida maʼlumot keltirilgan.

2024-yil 7-sentyabr kuni IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. Telegram “Koshelyok” bo‘limida telefondan foydalanib noqonuniy ravishda kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirganligi aniqlangan.

Huquqbuzar sud majlisida, o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini, hozirda sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, boshqa bu kabi harakatlarni sodir etmasligini, sodir etgan qilmishining oqibatini to‘liq tushunib yetganligini, kripto-aktivlar aylanmasini qonunchilikda belgilangan tartibda oldi-sotdi qilish kerakligidan xabari yo‘qligini inobatga olib, suddan unga jazo tayinlashda yengillik berishni so‘radi.

Sud qarori bilan A.A,MJtKning 1554-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilsin va unga shu modda bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Ashyoviy dalil sifatida olingan 1 dona “Redmi 13C” rusumli telefon apparati qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilinsin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92113 | Инструменты