Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan quyidagi shaxs qidirilmoqda:
1) 1964-yilda tugʻilgan Isamitdinov Xusan Xashimovich;
2) 1966-yilda tugʻilgan Qudratullayev Shuxrat Zaparovich;
3) 1988-yilda tugʻilgan Vapayev Feruz Muxammatsalayevich.
"Hurmatli fuqarolar! Agar Siz ushbu shaxslarning qayerda ekanligi haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yohud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты